Yangiliklar
ERASMUS+ MILLIY AXBOROT KUNI 2025 MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!
11-dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida Erasmus+ dasturining eng yirik yillik tadbirlaridan biri bo'lgan Erasmus+ National Information Day 2025 muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, Yevropa Ittifoqi davlatlari elchixonalari, xalqaro tashkilotlar va ta’lim sohasidagi ekspertlarni bir maydonda jamlab, Erasmus+ Call 2026 bo‘yicha eng muhim yangiliklar bilan tanishtirdi.

Ushbu tadbir davomida:
-
Erasmus+ 2026-yilgi tanlovlarining asosiy yangiliklari taqdim etildi;
-
CBHE, ICM, Erasmus Mundus, Jean Monnet va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi;
-
Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston rasmiylarining ochilish nutqlari tinglandi;
-
Projects Fair doirasida muvaffaqiyatli Erasmus+ loyihalari namoyish etildi;
-
Ishtirokchilar uchun networking, savol-javoblar va amaliy tavsiyalar tashkil etildi;
-
Yangi loyihalar yozishni rejalashtirayotgan jamoalarga yo‘naltirilgan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekistondagi hamkorlik bo‘limi rahbari janob Christos Marazopoulos Erasmus+ 2025-yil tanlovi g‘olibi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga sertifikat va esdalik sovg'alarni taqdimot qildi.
Tadbirning video yozuvlari:
1-qism: https://youtu.be/hj2ZXpHsBwI
2-qism: https://youtu.be/tqo8U931VI8
