Yangiliklar
ERASMUS+ “LESLIE” loyihasining 2026-yilga mo‘ljallangan yo‘nalishlari belgilab olindi
Joriy yilning 4–5-dekabr kunlari Qozog‘istonning Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (SBHE) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “LESLIE: Yer boshqaruvi, atrof-muhit va qattiq chiqindilar: Markaziy Osiyoda ta’lim va biznesni uyg‘unlashtirish” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.
Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida ERASMUS+ “LESLIE” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yevropa va Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari hamda O‘zbekiston nomidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda loyiha bo‘yicha oraliq natijalar muhokama qilinib, 2026-yil amalga oshiriladigan faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari Ulug‘bek Xodiyev va G‘ayrat Abdiyev faol ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida loyiha ishchi paketlari doirasidagi vazifalar — sifatni ta’minlash, ta’lim modullarini ishlab chiqish, onlayn instrumentlarni yaratish hamda natijalarni keng jamoatchilikka targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida loyiha bo‘yicha oraliq natijalar sarhisob qilinib, 2026-yil uchun rejalashtirilgan faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.

Batafsil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy veb saytida: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109162