2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ CBHE UzMedEn loyihasining yakuniy yig‘ilishi tashkil etildi

30
Erasmus+ CBHE UzMedEn loyihasining yakuniy yig‘ilishi tashkil etildi

25–27-noyabr kunlari Erasmus+ CBHE UzMedEn loyihasining yakuniy yig‘ilishi tashkil etildi. Tadbir 25-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida boshlandi va 26–27-noyabr kunlari Andijon davlat texnika instituti hamda Andijon davlat tibbiyot institutida o‘z nihoyasiga yetdi.

UzMedEn loyihasi Latviyaning Riga Texnika Universiteti, Litvaning Vilnyus Gediminas Texnika Universiteti, shuningdek, O‘zbekistonning sakkizta hamkor oliy ta’lim muassasasi bilan samarali hamkorlikda amalga oshirildi.

27-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilayotgan UzMedEn (101082221) — “Oʻzbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura va o‘quv kurslari dasturlarini yaratish” xalqaro loyihasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan ishtirokchilar loyiha doirasida erishilgan natijalar, xalqaro hamkorlikning ahamiyati hamda tibbiyot muhandisligi yo‘nalishida kadrlar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari haqida fikr bildirdilar.

Yig‘ilish davomida loyiha doirasida ishlab chiqilgan yangi magistratura dasturlari, zamonaviy o‘quv modullari, tajriba-sinov jarayonlari va laboratoriya imkoniyatlari bo‘yicha batafsil taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, tibbiyot muhandisligi sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz