Yangiliklar
Erasmus+ I2-PLEDGE loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13–14-noyabr kunlari Erasmus+ I2-PLEDGE (“Innovative and Interdisciplinary Programmes in Biomedical Engineering to Leverage and Exploit the Digital Growth Programme for Students’ Employability in Uzbekistan”) loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyada Yevropa Ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek Gretsiya, Italiya, Germaniya va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida loyiha doirasida erishilgan natijalar, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishida yangi ta’lim dasturlarini joriy etish, xalqaro tajriba almashinuvi hamda kelgusidagi barqaror hamkorlik istiqbollari yuzasidan taqdimotlar va muhokamalar o‘tkazildi.