2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

INMACOM loyihasining yakuniy uchrashuvi TATUda o‘tkazildi

12
INMACOM loyihasining yakuniy uchrashuvi TATUda o‘tkazildi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025-yil 3-dekabr kuni Erasmus+ dasturi doirasidagi INMACOM loyihasi (“Photonics and Optical Communications”) yakuniy Steering Committee Meeting (SCM) bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Belgiya, Italiya va O‘zbekiston universitetlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda NEO Uzbekistan vakillari ishtirok etdi.

INMACOM loyihasi haqida:
Loyiha O‘zbekistonda fotonika va optik aloqa yo‘nalishida yuqori malakali muhandislar tayyorlashga qaratilgan.

Konsorsium tarkibi:

  • Belgiya: Ghent University, Vrije University Brussels

  • Italiya: Politecnico di Torino

  • O‘zbekiston: TATU (koordinator), O‘zMU, SamDU, TATU Urganch filiali
    hamkorlar: OTFIV, MirSolar MChJ, UZTELEKOM Xorazm filiali

SCM uchrashuvida muhokama qilingan asosiy masalalar:

  • Loyihaning amalga oshirilishi va yakuniy natijalar

  • Barqarorlik strategiyalari

  • Magistratura o‘quv dasturlarining joriy etilishi

  • Tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalarning faoliyati

  • Kelgusida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi

  • Sanoat bilan hamkorlikni kengaytirish

INMACOM loyihasi natijalari O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan rivojiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi, magistratura dasturlarini kengaytirish va almashinuv imkoniyatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz