Yangiliklar
Cyber4CA loyihasi bo‘yicha xalqaro Kick-off uchrashuvlari Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Joriy yilning 9-11 Dekabr kunlari Erasmus+ CBHE loyihasi - Cyber4CAning 1-chi yeg'ilishi amalga oshirildi. 2025–2028-yillar davomida amalga oshiriladigan Erasmus+ CBHE dasturining yirik tashabbusi — “Cyber4CA: Markaziy Osiyoning raqamli mehnat bozori uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion magistratura ta’lim dasturini ishlab chiqish” loyihasining boshlangʻich xalqaro uchrashuvlari Toshkentda tashkil etildi.

Uchrashuvlarning dastlabki ikki kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) bo‘lib o‘tdi. TATU ushbu loyihada Grant Holder sifatida Markaziy Osiyoda zamonaviy kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlash jarayoniga yetakchilik qilmoqda. Tadbirda Ispaniya, Ruminiya, Belgiya, Italiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, tegishli vazirlik, shu jumladan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvlarning uchinchi kuni O‘zbekiston Milliy universitetida davom ettirilib, yangi kiberxavfsizlik magistratura dasturlari uchun o‘quv rejalari va akademik yondashuvlarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.