2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Days 2025 – 5-kun yakuni

14
Erasmus+ Days 2025 – 5-kun yakuni

Erasmus+ Days 2025 – 5-kun yakuni

#ErasmusDays haftaligining so‘nggi kuni – 17-oktabr kuni, “Erasmus+ individual imkoniyatlari kuni” doirasida talabalar va yosh mutaxassislar uchun Erasmus+ dasturining International Credit Mobility (ICM) hamda Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) yo‘nalishlariga bag‘ishlangan axborot sessiya o‘tkazildi.

Ziyo Forum bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir davomida ishtirokchilar dasturlar orqali xorijda o‘qish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Spikerlar:

  • Visola Rahmatullayeva – ICM dasturi hamda EMJM dasturi bo‘yicha qabul jarayonlari, ariza topshirish talablari va tanlov bosqichlari haqida foydali ma’lumotlar taqdim etdi.

  • Zuhra Hakimova – ICM bitiruvchisi sifatida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

  • Khayotullo Ismailov – EMJM bitiruvchisi sifatida o‘z o‘qish tajribasi va muvaffaqiyatli ariza topshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan bo‘lishdi.

EMJM uchun foydali tavsiyalar:

  • Erta tayyorgarlikni boshlang — kerakli hujjatlar, motivatsiya xati va tavsiyanomalarni oldindan tayyorlang.

  • Har bir magistrlik dasturining o‘z talablari va yo‘nalishlarini sinchiklab o‘rganing.

  • Motivatsiya xatida o‘zingizning maqsadlaringizni aniq va shaxsiy tarzda ifoda eting.

  • Alumni bilan bog‘lanib, ularning tajribasidan ilhom oling.

  • Til sertifikati (IELTS/TOEFL) natijalarini vaqtida topshiring.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun amaliy maslahatlar, qabul jarayonidagi muhim bosqichlar va xalqaro o‘qish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shu bilan #ErasmusDays2025 haftaligi o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlar davomida ko‘plab talabalar, o‘qituvchilar va mutaxassislar Erasmus+ dasturi orqali yangi imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz