2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus Mundus Qo‘shma Magistratura (EMJM) dasturi bo'yicha informatsion sessiya TopUni oromgohida!

62
Erasmus Mundus Qo‘shma Magistratura (EMJM) dasturi bo'yicha informatsion sessiya TopUni oromgohida!

7-iyul kuni Milliy Erasmus+ Ofisi tomonidan Yoshlar Ishlari Agentligi huzuridagi TopUni loyihasi oromgohida magistraturaga topshirishga harakat qilayotganlar uchun Erasmus Mundus Qo‘shma Magistratura (EMJM) bo‘yicha informatsion sessiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirda Makhmudjon Utkurov, Milliy Erasmus+ Ofisining loyiha menejeri, talabalarga Yevropada to‘liq moliyalashtiriladigan magistratura dasturiga ariza topshirish jarayonlari, hamda foydali maslaxatlar haqida qimmatli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Muhokamadan olingan asosiy xulosalar:

  • EMJM nima? – Talabalarga bir nechta Yevropa mamlakatlarida tahsil olib, qo‘shma yoki ikki tomonlama magistratura darajasini olish imkonini beradigan noyob dastur.
  • Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash – Ushbu dastur to‘lov-kontrakt, yo‘l xarajatlari va oylik stipendiyani to‘liq qoplaydi, bu esa xalqaro ta’limni yanada qulay qiladi.
  • Qanday ariza topshirish kerak? – Ariza topshirish jarayoni, talablar va arizani kuchaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
  • Savol-javob bo‘limi – Ishtirokchilar bevosita savollar berish imkoniyatiga ega bo‘lib, muvaffaqiyatli ariza topshirish uchun amaliy maslahatlar oldilar.

Yevropada o‘qishni rejalashtiryapsizmi? Quyidagi foydali manbalar SIZ uchun:

Agar Erasmus Mundus dasturiga ariza topshirishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, hozirdan tayyorgarlikni boshlang – bu sizning xalqaro akademik sayohatingizga yo‘l ochishi mumkin!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz