2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ bo‘yicha onlayn sessiya yakunlandi!

284
Erasmus+ bo‘yicha onlayn sessiya yakunlandi!

28-iyul kuni Erasmus+ dasturiga qiziquvchilar uchun Zoom platformasida navbatdagi onlayn ma’lumot sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Erasmus+ dasturining O‘zbekistonda mavjud barcha yo‘nalishlari (CBHE, EMJM/EMDM, ICM, Jean Monnet) haqida batafsil ma’lumot berish va amaldagi loyihalar bilan tanishtirishni maqsad qilgan ushbu sessiyada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari va talabalar ishtirok etdilar.

Sessiyada quyidagi mavzular yoritildi:

  • Erasmus+ dasturining umumiy tuzilmasi va maqsadlari
  • ICM va Jean Monnet yo‘nalishlari – xalqaro akademik mobillik va Yevropa Ittifoqiga oid hamkorlik imkoniyatlari
  • Erasmus Mundus Joint Masters va Capacity Building in Higher Education – muvaffaqiyatli loyihalar va real misollar asosida
  • Ariza topshirish tartibi va raqobatbardosh taklif tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar

Sessiya yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, foydali maslahatlar berildi. Ushbu sessiya Milliy Erasmus+ Ofisining yangi amaliyotchilari bilan birgalikda tashkil etildi va yosh mutaxassislarning ilk tajribasi sifatida o‘tkazildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz