2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

EMJMga bosqichma-bosqich qadam: EMJM stipendiyasi nimalarni qamrab oladi?

33
EMJMga bosqichma-bosqich qadam: EMJM stipendiyasi nimalarni qamrab oladi?

Siz bilasizmi? Erasmus Mundus Joint Masters dasturida tanlangan aksariyat talabalar to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiyaga ega bo‘lishadi! Quyida stipendiya nimalarni o‘z ichiga olishi va kimlar uchun mo‘ljallangani haqida qisqacha ma'lumot beramiz.

EMJM stipendiyasi nimalarni o‘z ichiga oladi?

  • To‘liq kontrakt to‘lovi – siz universitetlarga hech qanday to‘lov qilmaysiz
  • Oylik stipendiya (~1400 yevro atrofida) – yashash xarajatlari uchun
  • Yo‘l xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ – sizning qabul qilingan mamlakatingizga qarab ma'lum summa belgilanadi
  • Sug‘urta va ayrim hollarda viza xarajatlari
  • 2–3 ta davlatda tahsil olish va qo‘shma yoki ko‘p diplomli bo‘lish imkoniyati 

Har bir ariza topshiruvchi fuqaroligidan qat’i nazar avtomatik tarzda stipendiyaga nomzod hisoblanadi. Ammo shuni unutmang-ki, stipendiyalar soni cheklangan va tanlov raqobatli, hamda, ba’zi talabalar stipendiyasiz - nonscholarchip (o‘z hisobidan) ham qabul qilinishi mumkin.

Qo‘shimcha maslahat:
Bir nechta EMJM dasturlariga ariza topshirish orqali stipendiya olish imkoniyatingizni oshiring!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz