Yangiliklar
Yevropaga sari yo'l: Erasmus Mundus stipendiatlari uchun maxsus uchrashuv!

3-iyul kuni Toshkentdagi Crowne Plaza mehmonxonasida Erasmus Mundus Qo‘shma Magistratura (EMJM) dasturi bo‘yicha 2025/2026 o‘quv yili uchun tanlab olingan 13 nafar o‘zbekistonlik stipendiat uchun Yevropaga jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi va Erasmus+ Milliy Ofisi tomonidan tashkil etildi. Uchrashuvda quyidagi mehmonlar ishtirok etdilar:
-
Mindaugas Kacherauskis, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining Muvaqqat ishlar vakili
-
Sara Noshadi, UNESCO vakolatxonasi rahbari, Erasmus Mundus bitiruvchisi
-
Professor Alisher Fayzullayev, sobiq elchi va diplomat olim
-
Fransiya, Germaniya va Italiya elchixonalari vakillari
Bundan tashqari, bu yili birinchi marotaba talabalar uchun hayotiy maslahatlar va tajriba almashinuv sessiyalari ham tashkil etildi:
-
EMJM bitiruvchilari va hozirgi talabalar o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar
-
Madaniy moslashuv va akademik hayotga moslashish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi
Ushbu uchrashuv Yevropada yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yayotgan talabalarimiz uchun ilhom, motivatsiya va amaliy ko‘nikmalar manbai bo‘ldi degan umiddamiz.