2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Central Asia & Turkiye Youth Talks 2025 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda!

66
Central Asia & Turkiye Youth Talks 2025 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda!

2025-yil 11–18 avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida OSCE O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, Dushanbe va Bishkekdagi OSCE dasturiy ofislari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo va Turkiyadan yoshlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro forum tashkil etmoqda.

Ushbu haftalik forum davomida ishtirokchilar o‘z g‘oya va tashabbuslarini baham ko‘rishlari, mintaqaviy va global muhokamalarda qatnashishlari hamda moliyaviy savodxonlik, raqamli sohada korrupsiyaga qarshi kurash, shuningdek, gender tengligini jadallashtirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

  • 18–25 yosh oralig‘idagi Markaziy Osiyo va Turkiya fuqarolari

  • Jamoatchilik yoki mintaqaviy tashabbuslarda faol ishtirok etuvchilar

  • Yuqoridagi mavzularga qiziqishi bor, ingliz tilini yaxshi biluvchi yoshlar

Ro'yxatdan o'tish muddati: 6-iyul, 2025
Ro'yxatdan o'tish shakli: Havola

Murojaat uchun:
WhatsApp: +992 98 556 43 53
Email: POID-Election@osce.org

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz