2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O‘zbekistonda ilk bor Erasmus+ ishtirokchilarining uchrashuvi!

30
O‘zbekistonda ilk bor Erasmus+ ishtirokchilarining uchrashuvi!

27-iyun kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Toivo Klaarning qarorgohida, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi taklifi bilan Milliy Erasmus+ Ofisi hamkorligida maxsus networking tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Erasmus Mundus qo‘shma magistratura dasturi, ICM, Jean Monnet va CBHE loyihalari ishtirokchilari hamda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan universitet vakillari — oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha umumiy maqsad atrofida birlashgan barcha ishtirokchilarni bir joyga to‘pladi.

Ushbu kecha Erasmus+ hamjamiyati vakillari uchun:

  • foydali va mazmunli tanishuvlar o‘rnatish,

  • O‘zbekistonning kelajak avlodining yutuqlarini nishonlash,

  • bitiruvchilar, loyihalarda ishtirok etayotganlar va oliy ta’lim sohasi vakillari o‘rtasida ochiq muloqotni rivojlantirish uchun noyob imkoniyat bo‘ldi.

80 dan ortiq ishtirokchini bir joyga jamlagan ushbu tadbir o‘z formatida ilk bor tashkil etildi va iliq muhit, hamkorlik ruhi hamda Yevropa qadriyatlariga boy ilhomlantiruvchi kechaga aylandi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz