Yangiliklar
Nukusda ikki kunlik TAM seminari yakunlandi!

23–24-iyun kunlari Nukus davlat texnika universitetida “STEAM integratsiyasi yordamida oliy ta’limni rivojlantirish: strategiyalar, muammolar va natijalar” mavzusidagi Erasmus+ dasturining Texnik Yordam Missiyasi (TAM) seminari bo‘lib o‘tdi.
1-kun | 23-iyun:
Seminarning birinchi kunida 3 ta sessiya o‘tkazildi:
-
Ijodkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirish – texnik ta’lim uchun zamonaviy STEAM strategiyalari
-
Nazariyadan amaliyotga – STEAMni texnik o‘quv dasturlariga integratsiya qilish
-
San’at va dizayn tafakkuri – texnik ta’limda yangi yondashuvlar
2-kun | 24-iyun:
“Keyingi avlodni tayyorlash: STEAM ta’limi – kelajakdagi texnik martaba sari yo‘l” mavzusidagi to‘rtinchi sessiyada texnik ta’limda STEAM integratsiyasini baholash masalalari muhokama qilindi. Ushbu seminarda Yevropa Ittifoqining STEAM bo‘yicha eksperti Professor Karina Gibert Oliversler o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi va ishtirokchilar bilan jonli muloqotda bo‘ldi. Sessiya yakunida esa STEAMni barqaror rivojlantirish strategiyalari yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil qilindi.
Seminardan yorqin lahzalar va tajriba almashuvlari ikki kun davomida texnik ta’limda yangi imkoniyatlarga yo‘l ochdi.