Yangiliklar
Erasmus+ DEBSEUz loyihasi doirasidagi trening Ispaniyada muvaffaqiyatli yakunlandi!
37

9–15-iyun kunlari Madrid Texnika Universitetida (UPM) Erasmus+ dasturining DEBSEUz loyihasi (O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini rivojlantirish) doirasida xalqaro trening haftaligi bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida ishtirokchilar quyosh energetikasi sohasida o‘quv dasturlarini takomillashtirish, tajriba almashish va ta’limda innovatsion yondashuvlarni muhokama qilishdi.
Tadbirda quyidagi tashkilotlar vakillari faol qatnashdi:
-
Turin Politexnika Universiteti (Italiya)
-
Evora Universiteti (Portugaliya)
-
O‘zbekistonning yetakchi universitetlari
Bu hamkorlik nafaqat akademik salohiyatni oshirishga xizmat qiladi, balki barqaror energetika ta’limi uchun mustahkam zamin yaratishiga umid bildiramiz.