Yangiliklar
TAM Seminar: Umrbod ta’lim va global muammolarga texnik yechimlar

11-iyun kuni Erasmus+ Texnik Yordam Missiyasi (TAM) natijalari doirasida "Barqaror taraqqiyotning kaliti sifatida umrbod ta’lim" mavzusidagi seminarning navbatdagi uchrashuvi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida quyidagi yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi:
-
Umrbod ta’limning konsepsiyasi va tamoyillari
-
Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bilan integratsiya
-
Texnik va innovatsion yechimlar orqali global muammolarga yondashuv
Seminar mehmonlari:
-
Prof. Kirsi Popova – Tampere amaliy fanlar universiteti (Finlandiya)
-
Dr. Zumrad Usmonova – Oliy ta’lim islohoti bo‘yicha milliy ekspert
Seminar umrbod o‘qish g‘oyasini ilgari surish, barqaror rivojlanish bilan bog‘liq masalalarni yoritish va texnologik innovatsiyalar orqali ta’limni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha foydali bilim va tajriba almashinuvi uchun muhim maydon bo‘ldi.