Yangiliklar
Navbatdagi Erasmus+ sessiyasi UzJOKU'da!
38

9-iyun kuni O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida navbatdagi offline seminar-trening bo‘lib o‘tadi! Seminar OTMlarning Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish salohiyatini yanada oshirish uchun “Oliy ta’lim muassasalari uchun Erasmus+ dasturining imkoniyatlari” mavzusida tashkil etiladi.
Manzil: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 7-qavat
Sana: 9-iyun, 2025
Vaqt: 08:45
Til: O‘zbek tili
Ishtirok etishni xohlaysizmi? Unda 6-iyun, 14:00ga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/mdMQ3da4GnmVwmyG7
Taklifnoma va kun tartibi faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga yuboriladi.