Yangiliklar
Ziyo Forum bilan hamkorlikda ochiq sessiya - Yevropada o‘qish imkoniyatlari!

26-may kuni Ziyo Forum binosida Erasmus+ dasturiga bag‘ishlangan ochiq sessiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Milliy Erasmus+ Ofisi, Ziyo Forum, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Erasmus+ HEREs jamoasi hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, unda 200 dan ortiq ishtirokchi – Toshkentdagi turli OTMlar vakillari, talabalar, CBHE loyihalari ishtirokchilari, davlat va xususiy sektor mutaxassislari – Erasmus+ dasturi orqali Yevropada o‘qish, malaka oshirish va loyihalarda qatnashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Sessiyada yoritilgan yo‘nalishlar:
-
Erasmus Mundus (EMJM) magistratura dasturlari
-
MSCA doktorantura va tadqiqot grantlari
-
EMDM dizayn loyihalari
-
ICM va CBHE imkoniyatlarining amaliy jihatlari
Bundan tashqari, dastur ishtirokchilari va spikerlar bilan maxsus intervyular tashkil etildi. Bu orqali qatnasha olmaganlar ham asosiy savollarga javob topishlari mumkin bo‘ladi.
Tabdirdan olingan rasmlarni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin: https://disk.yandex.ru/d/7b4wp_RrHdD8wQ