2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha Erasmus+ klaster uchrashuvi bo'lib o'tdi!

46
Qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha Erasmus+ klaster uchrashuvi bo'lib o'tdi!

28–29-may kunlari Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan trening va tematik klaster yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Milliy Erasmus+ Ofisi hamkorligida tashkil etildi.

Birinchi kun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning barqaror natijalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi vakili Janob Roberto Aparisio onlayn tarzda ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ikkinchi kun  HERE jamoasi expertlari, Habibullo Nosirov va Javlonbek Rahmatullayev tomonidan Erasmus+ loyihalarni bo'yicha tajriba almashishdi.
— “Erasmus+ loyiha taklifini qanday yozish kerak?” mavzusidagi ma’ruza ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
— Andijon mashinasozlik instituti o‘zining CBHE loyihalari doirasidagi faoliyati bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir Erasmus+ dasturining ta’lim tizimidagi rolini yana bir bor namoyon etdi. Universitetlar, ilmiy markazlar va soha mutaxassislari o‘zaro tajriba almashib, kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam asos yaratdilar.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz