Yangiliklar
Azimboy Sa’dullayev – xalqaro ilmiy hamkorlikdagi barakali iz qoldirgan ustoz olim

28-may kuni, taniqli matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, professor Azimboy Sa’dullayev olamdan o‘tdi.
Ustoz olim nafaqat fundamental tadqiqotlari, balki xalqaro ta’lim loyihalarida olib borgan faoliyati orqali ham yurtimiz ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan edi.
Tempus va Erasmus+ dasturlari doirasida u kishi bir necha yirik loyihalarning faol ishtirokchisi bo‘lgan. Jumladan:
-
UNICAC – University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China – loyihasi doirasida professor Sa’dullayev universitetlararo hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar integratsiyasi va salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida faol ishlagan.
-
ITEM – Improving the Teaching of Mathematics – loyihasida esa u oliy ta’limda matematika ta’limi sifatini oshirish, yangi metodikalar ishlab chiqish va yosh o‘qituvchilarni tayyorlash ishlariga bevosita hissa qo‘shgan.
Azimboy Sa’dullayevning xalqaro loyihalardagi ishtiroki ko‘plab yosh olimlar uchun ilhom manbai bo‘lib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Yevropa tajribasi bilan boyitishga xizmat qilgan.
Milliy Erasmus+ jamoasi nomidan ustozning oila a’zolari, shogirdlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiramiz.