Yangiliklar
Erasmus+ CBHE Klaster Uchrashuvi va Seminar: Qishloq xo‘jaligi, Suv Resurslari va Atrof-Muhit bo‘yicha yangi yondashuvlar!

Oliy taʼlimda barqarorlik va innovatsiyalarni ilgari suruvchi navbatdagi Erasmus+ klaster uchrashuviga sizni taklif qilamiz!
Mavzu: “Qishloq, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit sohasidagi oliy taʼlimda Erasmus+ salohiyatini oshirish (CBHE) loyihalari barqarorligi”
Sana: 2025-yil 28-29 may
Manzil: Andijon tumani, Oliygoh ko‘chasi 1, Andijon qishloq xo‘jaligi Agrotexnologiya instituti
Tili: O‘zbek va Ingliz
Format: Faqat offlayn
Klaster uchrashuvi (28-may):
Soha bo‘yicha 14 CBHE loyihasi natijalari, yutuqlari va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashiladi. Jumladan, ushbu tadbirda Erasmus+ loyihalari koordinatori va jamoasi, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, oliy ta’lim vakillari, tadqiqot institutlari, IRO xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etishadi.
Seminar (29-may):
Erasmus+ loyihasi uchun kuchli proposal yozish bo‘yicha metodik yondashuvlar, moliyalashtirish imkoniyatlari va eng yaxshi amaliyotlar haqida ma'lumotlar berib boriladi.
Ro'yxatdan o'tish havolasi: Havola