Yangiliklar
Ekspertlar bilan tanishing: Dr. Asiya Tureniyazova - O‘zbekistondagi HEREs jamoasi a'zosi

Biz O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisining Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha ekspertlar (HEREs) jamoasining fidoyi a’zosi, Dr. Asiya Tureniyazova bilan tanishtirishdan mamnunmiz!
Expertimiz haqida qisqacha ma'lumot:
-
Nukus davlat texnika universiteti kompyuter injiniringi kafedrasi mudiri
-
Sifatni ta’minlash, ECTS va Universitet va sanoat hamkorligi bo‘yicha Erasmus+ ekspert
-
Mintaqaviy oliy ta’limni rivojlantirish tashabbuslariga hissa qo‘shuvchi ETF (European Training Foundation) dasturining DARYA (Dialogue and Action for Resourceful Youth in Central Asia) loyihasi bo'yicha milliy koordinator
Akademik hissalari:
Dr. Tureniyazova oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha yetakchi tadqiqotchi bo‘lib, "OLIY TA'LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI" ilmiy-uslubiy jurnalida bir necha bor maqolalari nashr etilgan:
-
"Bolonya jarayoni: erishilgan natijalar, strategik istiqbollar va milliy ta’lim tizimiga tavsiyalar" (16-son) — oliy ta’lim islohotlarining borishi va istiqboldagi yo‘nalishlarini tahlil qilish
-
"Kredit tizimida ta’lim natijalarini tavsiflash metodologiyasi bo‘yicha tavsiyalar" (13-son) — Erasmus+ RUECVET va MAGNET loyihalari haqida ma’lumot beradi
-
"O‘zbekistonda oliy ta’limda kredit-modul tizimini muvaffaqiyatli joriy etishga ta’sir etuvchi omillar tahlili" (12-son) — kredit tizimini joriy etishdagi asosiy muammolar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish
Xalqaro aloqalar:
HERE jamoasi a’zosi sifatida Dr. Tureniyazova tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish maqsadida bir nechta xalqaro tadqiqot safarlarida ishtirok etgan, jumladan:
-
"Enhancing University-Industry Collaboration for Innovative Ecosystems," TAMK University of Applied Sciences, Tampere, Finland – 3–4 sentyabr, 2024
-
"Inclusive internationalisation: from good intentions to measurable outcomes" in Ghent, Belgium – 3–4 oktyabr, 2024
-
HEREs study visit to Barcelona
Erasmus+ HERES jamoasi a’zosi sifatida u O‘zbekiston ta’lim tizimini Yevropa standartlariga moslashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Biz bilan qoling, O‘zbekistondagi HEREs jamoasi bilan tanishtirishda davom etamiz!