Yangiliklar
Erasmus+ orqali Yevropada o‘qish – endi sizga ham mumkin!

Siz 1-semestrni Yevropada bepul o‘qishni xohlaysizmi?
Yoki magistratura va PhD bosqichida to‘liq grant asosida tahsil olishni?
Unda 26-may kuni bo‘lib o‘tadigan ochiq sessiyamiz siz uchun!
National Erasmus+ Office in Uzbekistan va Ziyo Forum hamkorligidagi ushbu maxsus uchrashuvda siz:
-
Erasmus+ dasturi qanday ishlashi
-
Talabalar uchun qanday yo‘nalishlar mavjudligi
-
Yevropadagi magistratura (EMJM), doktorantura (MSCA), dizayn loyihalari (EMDM) haqida
-
Mobility va CBHE kabi imkoniyatlarning amaliy jihatlari haqida bilib olasiz
Sana: May 26
Vaqt: 09:30
Manzil: Ziyo Forum, Qushbegi 8, Tashkent
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://forms.gle/PEnKqUE3hQwebqDN7
Shuningdek, Erasmus+ grantini yutganlar bilan bevosita suhbatlashib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu esa sizning yo‘lingizni ancha yengillashtiradi.