Yangiliklar
Yevropa kuni 2025 — Hamkorlik va Barqaror Taraqqiyot Ramzi
18

12-may kuni O'zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi xodimlari Yevropa kuniga bag‘ishlangan rasmiy tadbirda ishtirok etdi. Ushbu muhim sanada Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik, tinchlik va umumiy qadriyatlar alohida e’tirof etildi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar ishtirok etib, ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanib borayotganini ta’kidladilar:
“Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘zaro bog‘liqlik, barqaror taraqqiyot va umumiy qadriyatlar asosida strategik hamkorlikni chuqurlashtirib bormoqda.”
— Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqi elchisi