Yangiliklar
Erasmus+ bitiruvchilar uchun imkoniyatlar doirasida tadbir
 
                            
                            O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi va OCEANS Network hamkorlikda 2025 yilning 4-aprel kuni OCEANS Network va boshqa bitiruvchilar tashkilotlari sizning karyerangiz, aloqalaringiz va yetakchilik ko‘nikmalaringizni rivojlantirishda qanday yordam berishi mumkinligini aniqlash uchun maxsus onlayn uchrashuvni tashkil etildi. Ushbu uchrashuv "Erasmus+ Alumni Network – Career, Leadership & Global Connections" mavzusida bo'ldi. Erasmus+ mobilligi xalqaro martabalar, yetakchilik va uzoq muddatga xizmat qiluvchi aloqalarga eshiklarni qanday ochishini o‘rganishni maqsad qilgan.

Ma’ruzachilar va asosiy ko'rib chiqilgan mavzular:
- Leila Benabdallah (OCEANS Network) - Erasmus+ bitruvchilari uchun imkoniyatlar
- 
Mahmudjon O‘tkurov (UZ NEO) - O‘zbekistonda Erasmus+ imkoniyatlari 
- 
Uswaa Alhamid (ESAA) - Bitiruvchilar tarmoqlari qanday qilib yetakchilik, moliyaviy yordam va treninglar taqdim etishi 
- 
Emna Memmi (ESN) - Yevropadagi 500 dan ortiq mahalliy bo‘limlar orqali aloqalar doirasini kengaytirish 
- 
Madina Uraz (EMA) - EMJM tajribasi va bitiruvchilar ishtiroki haqidagi shaxsiy tajribalar orqali misollar 
- 
Gevorg Harutyunyan (garagErasmus) - Erasmus+ doirasida kelajak uchun karyera rivojlanishi va mobillik imkoniyatlari 

Erasmus+ oilasining a’zosi bo‘lsangiz ham yoki bu yo‘lga endigina qadam qo‘yayotgan bo‘lsangiz ham, bu tarmoqlar sizning mobil tajribangizdan tashqari rivojlanishingizni qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.
 
                     
                                 
                                 
                                 
     
     
     
     
    