16-mart kuni Yoshlar ishlari agentligining "Grantyor" dasturi doirasida To'qimachilik va yengil sanoat institutida Erasmus Mundus Joint Master (EMJM) bo‘yicha ochiq sessiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Erasmus+ dasturining nufuzli yo‘nalishlaridan biri — EMJM haqida batafsil tushuntirish berildi. EMJM Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan qo‘shma magistratura dasturi bo‘lib, talabalar 1,5-2 yil davomida kamida 2-3 davlatda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sessiya davomida talabalar quyidagi savollarga javob olishdi:
- EMJM orqali qanday magistratura dasturlariga hujjat topshirish mumkin?
- Grant miqdori va u qamrab oladigan xarajatlar (o‘qish, yashash va sayohat xarajatlari)?
- EMJM dasturlari katalogidan qanday foydalanish kerak?
- Qabul shartlari va zaruriy hujjatlar.
Erasmus Mundus dasturlari turli yo‘nalishlarni qamrab oladi, jumladan muhandislik, IT, ekologiya, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar va boshqa sohalar. Har bir talaba o‘z sohasiga mos magistratura kursini tanlashi mumkin.
EMJM katalogi bilan tanishib, o‘zingizga mos dasturlarni qidiring: Katalog