Yangiliklar
Erasmus+ loyihasi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
73

13-mart kuni O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O'zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi hamkorligida Erasmus+ loyihalarida qatnashish imkoniyatlari va 2025-yil tanlovlariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda:
- Erasmus+ dasturining yangi imkoniyatlari va 2025-yil uchun tanlovlar,
- FTOP platformasi orqali loyihalar topshirish
- CBHE loyihalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, hamda eng yaxshi amaliyotlar va muammolar,
- Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Turin Politexnika Universitetining muvaffaqiyatli tajribalari,
- Horizon Europe va Marie Skłodowska-Curie Actions kabi xalqaro grantlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Agentlik va tizim tashkilotlarini Erasmus+ dasturida ro‘yxatdan o‘tkazish va raqobatbardosh loyihalarni ishlab chiqishga tayyorlash kabi maqsadlarni ko'zlagan ushbu tadbirda oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar va tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etib, ekspertlar tomonidan Erasmus+ loyihalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.