2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ doirasida Fransiya va O‘zbekiston hamkorligi

19
Erasmus+ doirasida Fransiya va O‘zbekiston hamkorligi

Erasmus+ dasturi doirasida Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik tobora kengayib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuv va hamkorlikni mustahkamlamoqda. Ushbu tashabbuslar talabalar va o‘qituvchilarga yangi imkoniyatlar yaratib, ta’lim sifatini oshirishga va innovatsiyalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

CBHE loyihalari
Hozirgi kunda Fransiya va O'zbekiston hamkorligida 4 ta Oliy Ta'limda Salohiyatni Oshirish (CBHE) loyihasi bo‘lib, bulardan 3 tasi yakunlagan va 1 tasi amaldagi loyiha hisoblanadi. Ushbu loyihalar oliy ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, raqamli ko‘nikmalarni oshirish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, universitetlar hamkorlikda yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish va talabalarning o‘quv tajribasini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. CBHE loyihalari doirasida Fransiyaning 5 ta oliy ta’lim muassasasi va O‘zbekistonning 15 ta oliy ta’lim muassasalari faol ishtirok etmoqda

ICM dasturi doirasida Fransiya bilan hamkorlik
Bilganingizdek, International Credit Mobility (ICM) dasturi talabalar va akademik xodimlarga xorijda ta’lim olish, dars berish yoki amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi. 2022-2023 yillarda 48 ta almashinuv amalga oshirilgan va O‘zbekistonlik talabalar Fransiyada tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Erasmus+ orqali Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi akademik hamkorlik tobora mustahkamlanib, yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Erasmus+ doirasidagi Fransiya va O'zbekiston hamkorligidagi loyihalar: https://erasmus.uz/page/110-eu-uz-hamkorligi

 

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/494-erasmus-doirasida-fransiya-va-o-zbekiston-hamkorligi

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz