Yangiliklar
TAM seminarining Nukusdagi Follow-up tadbiri
2024-yil 27-dekabr kuni TATU Nukus filialida 2024-yil 24-25-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Kuchli aloqalarni shakllantirish: oliy ta'lim muassasalari va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash” mavzusidagi ikki kunlik onlayn TAM seminarining natijalariga bag‘ishlangan follow-up tadbiri tashkil etildi. Seminar Yevropa eksperti professor Kristina Teodoraki ishtirokida o‘tkazilgan bo‘lib, ta'lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga bag‘ishlangan edi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari va IT sohasi korxonalari vakillari qatnashdi. Tadbir davomida HERE vakili A. Tureniyazova ekspert professor Teodorakining taqdimotidagi asosiy jihatlarni yoritib berdi hamda Yevropa universitetlarining sanoat korxonalari bilan muvaffaqiyatli hamkorligi misollarini muhokama qildi.
Shuningdek, A. Tureniyazova joriy yilning sentabr oyida Finlyandiyaning Tampere amaliy fanlar universitetiga amalga oshirilgan xizmat safari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu safar davomida universitetning ishlab chiqarish korxonalari bilan mustahkam aloqalari o‘rganilgan bo‘lib, mazkur tajribalardan mahalliy hamkorlikni rivojlantirish uchun foydali xulosalar chiqarildi.
Tadbir yakunida respublika oliy ta’lim muassasalarining sanoat korxonalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish bo‘yicha professor Teodorakining tavsiyalari tinglandi hamda kelgusi rejalar belgilab olindi.