Yangiliklar
Webster Universitetida Erasmus+ Axborot va Metodik Sessiyasi Kuzgi Erasmus+ Haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi

Kuzgi Erasmus+ Haftaligi doirasida, 17-oktabr kuni Vebster Universitetida Erasmus+ axborot va metodik sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) va Erasmus+ Oliy ta'lim islohoti bo‘yicha ekspertlar (HEREs) guruhi a'zolari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Bu tadbir Xalqaro Erasmus+ kunlari doirasidagi tadbirlar doirasida tashkil qilindi: https://www.erasmusdays.eu/event/neo-uzbekistan-2/
Asosiy ishtirokchilar qatorida Vebster Universitetining vaqtinchalik rektori doktor Entoni Jarvis, NEO vakillari Maxmudjon Utkurov va Bonu Abdusakomova, Kimyo Xalqaro Universitetidan Farhod Niyozov hamda Erasmus+ HEREs guruhi vakili Xabibullo Nosirov ishtirok etdi.
Kuzgi Erasmus+ kunlari doirasidagi ushbu sessiyada Erasmus+ dasturlari va imkoniyatlari muhokama qilindi hamda ishtirokchilarga o‘z akademik va professional rivojlanish yo‘llarini yanada kengaytirish uchun qimmatli tavsiyalar berildi.