Yangiliklar
Erasmus+ klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi
Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) 2024 yil 25-oktyabr kuni Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti, Oliy ta’lim tslohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Erasmus+ klaster uchrashuvi CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta’siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster Uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbir avvalida mehmonlar uchun TTPU bo’ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyatini yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To’ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari, noakademik CBHE hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim tizimidagi manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Muhandislik sohasida va Universitet-Sanoat hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha jami 26 ta Erasmus+ CBHE loyihalari (shundan 12 tasi tugallangan, 12 tasi davom etayotgan loyiha va 2024 yilgi tanlovdan 2 loyiha) bo’yicha natijalar tahlil qilindi.
Ushbu Klaster Uchrashuvi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning 30 yilligi doirasida tashkil etildi. Bu hamkorlik 20 yil davomida Tempus loyihalari va 10 yil mobaynidagi Erasmus+ dasturidagi hamkorlikni o‘z ichiga oldi.