2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Kuzgi Erasmus+ haftaligi/kunlari 2024

374
Kuzgi Erasmus+ haftaligi/kunlari 2024

Milliy Erasmus+ Ofisi 2024-yil 14–19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro Erasmus+ kunlari bilan birgalikda Kuzgi Erasmus+ Haftaligini e'lon qiladi.

Kuzgi Erasmus+ Haftaligining maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Erasmus+ dasturining imkoniyatlari haqida ma’lumot tarqatish va O‘zbekiston hamda Yevropa universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.

  • Yevropa Ittifoqi universitetlarida qisqa muddatli o‘qish dasturlari, magistratura va doktorantura darajalari uchun imkoniyatlarni taqdim etish. Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari uchun o‘qitish va tadqiqot qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berish.

  • O‘qish uchun arizalarni qabul qilish, tayyorlash va topshirishga amaliy yo‘riqnomalar taqdim etish.

  • Yevropa kunini nishonlash doirasida turli tadbirlarni o‘tkazish.

  • Erasmus+ imkoniyatlarini oliy ta’lim muassasalari va talabalar uchun targ‘ib qilish.

Tadbirlar onlayn va oflayn shaklda bo‘lib o‘tadi hamda Toshkent va barcha hududlardan qatnashchilarga ochiqdir. Barcha oliy ta’lim muassasalari va talabalarning faol ishtirokini Kuzgi Erasmus+ Haftaligida kutib qolamiz. Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun link tez orada yuboriladi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz