2015-2020 yillar sayti

Erasmus+ ECAMPUz loyihasining targ‘ibot sessiyasi

62

11-sentabr kuni soat 15:00 da O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi tomonidan Erasmus+ ECAMPUz loyihasining onlayn targ‘ibot sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiya davomida Erasmus+ dasturining Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan loyihaning maqsadlari va erishilgan yutuqlari taqdim etildi.

Sessiya davomida eng yaxshi tajribalar bilan o‘rtoqlashildi, loyihani amalga oshirishda duch kelinayotgan qiyinchiliklar va ishtirokchilar ko‘rgan foydalar muhokama qilindi. ECAMPUz loyihasi kordinatori va menejeri loyihani amalga oshirishda duch kelgan muammolarni hal qilish borasida qimmatli tajribalar bilan bo‘lishdi va bu ishtirokchilar uchun katta o‘rganish imkoniyati yaratdi.

Milliy Erasmus+ ofisi ECAMPUz loyihasi jamoasi va barcha ishtirokchilarga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi maqsadlar va yutuqlarga erishishda ularga muvaffaqiyat tilaydi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz