2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ ECAMPUz loyihasining targ'ibot sessiyasi

362
Erasmus+ ECAMPUz loyihasining targ'ibot sessiyasi

Oʻzbekiston Milliy Erasmus+ ofisi nomidan biz sizni davom etayotgan "Erasmus+ ECAMPUz" loyihasi uchun bo‘lib o‘tadigan onlayn targ‘ibot sessiyasiga taklif qilishdan mamnunmiz. Ushbu sessiya Erasmus+ loyihasini targ‘ib qilish, eng yaxshi tajribalarni bo‘lishish, loyiha amalga oshirilishi davomida duch kelgan qiyinchiliklarni ECAMPUz loyihasi rahbari tomonidan muhokama qilish va loyiha ishtirokchilari olgan foydali tajribalarni ulashishga qaratilgan.

Tadbir Erasmus+ Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining xususiyatlarini namoyish etishga, shuningdek, ECAMPUz loyihasi haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etishga qaratiladi.

Sizni ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadbir 11-sentabr kuni 15:00 da bo‘lib o‘tadi. Iltimos, ishtirokingizni tasdiqlash uchun quyidagi ro‘yxatdan o'tish formasini to‘ldirishingizni so'raymiz:

Roʻyxatga olish formasi: https://forms.gle/S7sJ4e17Q1PQS6A86

Tadbir haqida batafsil ma'lumotlar va taklifnomalar elektron pochta orqali yuboriladi. Iltimos, onlayn sessiyada qatnashish uchun 10-sentabr kuni 14:00 gacha ro'yxatdan o'ting.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz