Yangiliklar
UzMedEn loyihasi doirasidagi malaka oshirish dasturi Latviyaning Riga texnika universitetida amalga oshirilmoqda
Yevropa ittifoqining Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish-CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida Latviyaning Riga texnika universitetida rejalashtirilgan ikki haftalik malaka oshirish kurslar joriy yilning 18 sentabr kunidan boshlandi. Malaka oshirish kurslarining rasmiy ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikaning Latviyadagi favqulotda va muxtor elchisi Kadambay Sultanov, Riga texnika universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Prof. Elina Gaile-Sarkane, Muhandislik fakulteti dekani Doc Ivo Vaicis, Biotibbiyot muhandisligi va nanaotexnologiyalar instituti direktori professor Jurijs Dehtjars, universitet akademik jamoasi va O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 ga yaqin professor o‘qituvchilari ishtirok etdi. Yaqin ikki hafta davomida O‘zbekistondan tashrif buyurgan professor o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.