Yangiliklar
Erasmus+ “Project management” onlyan treningi
2023 yilning 11 aprel kuni yangi tanlab olingan yangi loyihalar komanda a’zolari uchun Erasmus+ “Project management” onlayn treningi bo’lib o’tdi.
Tadbir maqsadi: Erasmus+ dasturiga jalb qilingan oliy ta’lim muassasalarining loyihalarni umumiy boshqarish, xususan, tadbirlarni boshqarish (eng yaxshi tajribani tarqatish bo‘yicha konferensiya, seminar, birinchi uchrashuvlar va yakuniy tadbirni tashkil etish) bo’yicha salohiyatini kuchaytirish.
Ushbu tadbirda 2022 yilda Erasmus+ “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish - CBHE” yo’nalishi bo’yicha moliyalashtirish uchun qabul qilingan yangi 7ta loyiha koordinatorlari, loyiha jamoasi aʼzolari, Xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari va Erasmus+ dasturida tajribali koordinatorlar, oliy taʼlim muassasalari (OTM) matbuot xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
NEO loyiha menedjeri Gulshoda Karlibaeva “project management” bo’yicha o’z tavsiyalarini va loyihalarning muvaffaqiyatlari va qiyinchiklari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
CBHE SPACECO loyihasi koordinatori Khabibullo Nosirov loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’yicha maslahatlar, yo’l-yo’rqilar, hamkorlar bilan ishlash, tadbirlarni reja qilish, jihozlar sotib olish va loyiha davomida uchraydigan qiyinchiliklarni yechish kabi taviyalarni taqdim etdi.