Yangiliklar
Ta'lim sifati bo'yicha xalqaro konferensiya
2023 yil 26 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Jamiyatning iqtisodiy transformatsiyasida ta’lim sifatining o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.
Unda Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmanov, Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, Erasmus+ milliy ofisi va boshqa donor tashkilotlar vakillari, xorijiy ta’lim sohasi yetakchilari hamda xalqaro tan olingan akkreditatsiya va reyting tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, mahalliy davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, respublikadagi xorijiy elchixona mas’ullari ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyada oliy taʼlim sifatini taʼminlash bo‘yicha xalqaro standartlar, normalar va shakllar asosida oliy taʼlim muassasalarida sifatni taʼminlash, ular faoliyatini “Universitet 4.0.” konsepsiyasi bo‘yicha transformatsiya qilish, ularning xalqaro reytinglaridagi o‘rnini yuksaltirish, taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bosqichma-bosqich institutsional xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga qaratilgan dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Shu bilan birga, jahon mehnat bozori standartlari talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.