Yangiliklar
Erasmus+ Haftaligi - 2023 | 11-13 May
11 may 2023 yil
O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasida "Erasmus+ loyihalarining tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi oliy ta'limga ta'siri" mavzusida klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tadbirning maqsadi: Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilayotgan tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar doirasida erishilayotgan ilg‘or tajribalarni keng targ‘ib qilish hamda yangi loyihalardan kutiladigan natijalarni muvofiqlashtirish orqali mamlakat miqyosida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta'lim tizimi rivojiga qo‘shadigan hissasini oshirish.
Klaster yig‘ilishi quyidagilarga qaratilgan:
•Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida oliy ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha tajriba almashish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishga qaratilgan yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorliklarni rivojlantirish;
•So‘nggi yillarda tibbiyot sohasini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirishda Oliy ta'limda salohiyatini oshirishga qaratilagan Erasmus+ loyihalarining rolini muhokama qilish;
•Manfaatdor tomonlar o‘rtasida joriy va yakunlangan loyihalarning natijalari va yutuqlarini targ‘ib qilish va keng ommaga yetkazish;
•Tibbiyot bilan bog‘liq yangi tanlangan fanlararo loyihalarning maqsadlari va rejalari bilan tanishish.
12 may 2023 yil
CBHE “MUSAE: Rassomlarning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ko’p tarmoqli ko’nikmalar/ Multidisciplinary Skills for Artists' Entrepreneurship” loyihasining ishtirokchilari bilan loyiha haqidagi natijalari, fikrlari va talabalarning loyihada aktiv ishtirok etishi va Bel’giyadagi treninglarda ishtirok etishgani, yangi tajriba olganliklari haqidagi ma’lumotlar taqdim qilindi. Intervyu bilan NEO YouTube kanali orqali tanishishingiz mumkin https://www.youtube.com/watch?v=iLW45UW_Ccs
Erasmus Mundus Joint Masters grant dasturi doirasida ayni paytda Yevropada ta’lim olyotgan talabalar bilan onlayn sessiya o’tkazildi. Onlayn sessiyaning asosiy maqsadi – talabalar dasturning afzalliklari, hujjatlarni tayyorlash va topshirish jarayoni, viza olish, yashash, Yevropa universitetlaridagi ta’lim jarayoni, bugungi kunga qadar olgan saboq va tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.
Tadbirda Navola Bekberganova, Abdulbosit Ahmedov, Iskandar Tulakovlar ishtirok etishdi va ularning o’qishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Onlayn tadbir video-yozuvi YouTube kanalida joylashtirilgan https://www.youtube.com/watch?v=sAVGCVgzO28
13 may 2023 yil
Nukus shahridagi Toshkent axborot texnologiyaari universitetida “Digitalization in HE and tips on E+ CBHE project proposal development” mavzusida trening bo’lib o’tdi. Trening Erasmus+ eksperti Asiya Toreniyazova tomonidan olib borildi va ular oliy ta’limda raqamli texnologiyalar bo’yicha ishtirok etgan uchrashuvlarda olingan ma’lumotlar bilan bo’lishdi va Erasmus+ loyihalarini tayyorlash jarayoni, hujjatlarning sifati va mazmuni, konsortsium bilan ishlash, komanda shakllantirish kabi masalalar bo’yicha tavsiyalar berib o’tildi.