Yangiliklar
BioEcUz loyihasi doirasida qabul qilingan magistlarga 2 semestr dars mashg’ulotlari boshlandi
858

Erasmus+ CBHE BioEcUz loyihasi doirasida qabul qilingan magistlarga 2 semestr dars mashg’ulotlari Finlandiyaning JAMK universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Toshkent davlat agrar universiteti "Agroiqtisodiyot va turizm" kafedrasida Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bo‘yicha “Bioiqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlarga Finlandiya davlatining JAMK University of Applied Sciences oliygohi professor-o‘qituvchisi Kirsi Knuuttila «Circular economy» Doiraviy iqtisodiyot fanidan joriy yilning 13-17 fevral kunlari ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

