Yangiliklar
"Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli taʼlim” III xalqaro konferensiyasi
BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga koʻra, 2016-yildan buyon 11-fevral kunini “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” sifatida nishonlab kelinishi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oliy, fan va innovatsiyalar vazirligi va bir qator tashkilotlar tomonidan 2023 yil 11 fevral kuni “Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli taʼlim” III xalqaro konferensiyasi Toshkent davlat sharqshunoslik universtitetida bo’lib o’tdi.
Tadbirda ma’ruzachi sifatida Erasmus+ milliy ofisi vakillari takilf qilindi va Yevropa Ittifoqi Xalqaro dasturlarida ayol va qizlarning ta’lim olish va tadqiqotlarini olib borish imkoniyatlari haqidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida maqolalar to’plamida Erasmus+ milliy ofisi koordinatori Aziza Abdurakhmanova tomonidan “Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan ta’lim va ilmiy tadqiqotlar dasturi doirasida ayollar uchun imkoniyatlar” nomli maqolasi chop etildi.