2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Project management, Promotion and Dissemination of Erasmus+ projects” mavzusidagi seminar-treningi

472
Project management, Promotion and Dissemination of Erasmus+ projects” mavzusidagi seminar-treningi

2023 yil 28 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida Erasmus+ Milliy offisi tomonidan Erasmus+ CBHE loyihalarda ishtirok qilayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar uchun “Project management, Promotion and Dissemination of Erasmus+ projects” mavzusidagi seminar-treningi tashkil qilindi. 

Tadbirda Erasmus+ milliy ofisi loyiha menejeri Gulshoda Karlibayeva loyihalarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, mobillik, moliyaviy muammolar, byudjet taqsimoti va jamoani shakllantirish masalalari yuzasidan ma’lumotlarni taqdimot qildi. 

Shuningdek, Urganch davlat universiteti dotsenti, bir qancha Erasmus+ loyihalari ishtirokchisi va koordinatori Muzaffar Matchanov loyiha boshqaruviga oid tavsiyalar, loyihalarning samaradorligini oshirish yo‘llari yuzasidan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan va loyihalardagi yuzaga kelgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Shu bilan birga, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Ismoilov hozirgi kunda filialning 2 ta o'qituvchisi Erasmus+ xalqaro loyihasida ishtirok qilayotganligi va bu seminarning juda foydali bo‘lganligini alohida ta’kidlab, Erasmus+ milliy offisi jamoasiga filial rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz