Yangiliklar
Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi konferentsiyasi
Erasmus+ milliy ofisi tashabbusi bilan O‘zbekiston milliy universitetida Boloniya jarayoni tamoyillarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi o‘rni” mavzusida VI konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ikki tomonlama mobillikni tashkil etish va oliy ta’lim tizimini internatsionalizatsiya jarayonini kuchaytirish masalalari ko’tarildi.
O'zbekistonda Erasmus+ dasturining faoliyati tobora ommalashib bormoqda. Erasmus+ milliy ofisi 2022 yil 16-chi dekabr kuni O‘zbekiston milliy universitetida “Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi o‘rni” mavzusida VI konferentsiyasini o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston milliy universitetida bo’lgan tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida ikki tomonlama mobillikni tashkil etishda Boloniya jarayoni tamoyillarini ilgari surishdan iborat. Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekistonda oliy ta’limni xalqarolashtirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
• Erasmus+ doirasida mobillik davrida olingan bilim va tajribalar bilan almashish hamda ta’lim va tadqiqot natijalarini O‘zbekistonda joriy etish;
• mobillikni tashkil etish va Yevropa universitetlarida qisqa muddatli ta’limni tan olish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tahlil qilish;
• kredit mobilligida ishtirok etish tajribasini tahlil qilish va Yevropadagi hamkor universitetlar bilan qo'shma o'quv rejalari va fakultetlari uchun asos yaratish.
Tadbirning eng muhim jihati talabalarning mobillik tajribalari bo'yicha taqdimotlari bilan ishtirok etishi bo'ldi. Konferentsiyada O’zbekiston oliy o‘quv yurtlaridan 50 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tadbir so‘ngida Erasmus+ dasturiga bag‘ishlangan viktorina tashkil etildi. Ishtirokchilar O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi/NEO tomonidan sovg'alarni yutib olishdi. Shuningdek, konferentsiya ma’ruzachilariga sertifikatlar topshirildi.
Konferentsiya mahalliy va xorijlik professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalarning kredit mobilligi bo‘yicha shaxsiy va kasbiy tajribasi to‘g‘risidagi ta’sirchan va mazmunli ma’ruzalariga boy bo‘ldi.
Talabalar va o‘qituvchilarning ikki tomonlama almashinuvi asos bo’lib, kredit mobilligi doirasida Yevropaning yetakchi universitetlari bilan aloqalar rivojlanmoqda, bu esa Yevropa va O‘zbekistonda amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish imkonini ham bermoqda.