2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ CBHE klaster uchrashuvi

635
Erasmus+ CBHE klaster uchrashuvi

Erasmus+ dasturining 35 yilligiga bag‘ishlangan Erasmus+ CBHE loyihalarining qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit sohasidagi oliy ta’limga ta’siri bo‘yicha klaster uchrashuvi

2022 yil 26 dekabr kuni Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Erasmus+ dasturining 35 yilligiga bag‘ishlangan Oliy ta’limda Erasmus+ salohiyatini oshirish (CBHE) loyihalarining qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit bo‘yicha oliy ta’limga ta’siri bo‘yicha Klaster uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda 10 ta universitetdan 50 nafar vakillar qatnashdilar.

Uchrashuv Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori, doktor Aminova Muniraning kirish va tabrik so’zi bilan boshlandi. Qishloq xoʻjaligi vazirining iqtisodiyot, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha maslahatchisi Shukurov Alisher, Oliy taʼlimni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Esanov Muzaffar va NEO koordinatori Abdurahmonova Aziza qatnashchilarni o’z nutqlari bilan kutib oldilar.

Kun davomida ma’ruzachilar tomonidan qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit sohasidagi Erasmus+ loyihalarining ta’limni modernizatsiya qilish va sifatini oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Tadbirda “Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish” (Capacity Building in Higher Education) loyihalarining mahalliy koordinatorlari va loyiha aʼzolari, Xalqaro aloqalar boʻyicha idoralar vakillari, mahalliy qoʻshma loyihalar tashabbuskorlari, xususiy va davlat sektori vakillari, hududiy maʼmuriy birlik aʼzolari, tadqiqotchilar, davlat unitar korxonalari va davlat markazlari, keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etdilar. Mahalliy koordinatorlar va loyiha a’zolari 8 ta yakunlangan, amaldagi va yangi tanlangan loyihalar bo‘yicha o’z taqdimotlarini qildilar. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi vakili Namozova Shaxnoza loyiha haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuvning kun tartibi va ma'ruzachilarning tegishli taqdimotlarini bu yerda topishingiz mumkin:

https://drive.google.com/drive/folders/1ogbxKJfZjvAMaMoaIVHCSzlb86b1GXzo 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz