Yangiliklar
Oliy taʼlimda salohiyatini oshirish tanlovi natijalari eʼlon qilindi
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish/Capacity Building in Higher Education (CBHE)” yo‘nalishi bo‘yicha 7 ta loyiha moliyalashtirilish uchun tanlab olinganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Toshkent shahridagi 9 ta universitet va respublikaning 5 ta viloyatidan 10 ta universitet ishtirokidagi 4 ta milliy, 2 ta hududiy va bitta mintaqalararo loyiha doirasida Yevropa Ittifoqiga 13 ta a’zo-davlatidan 18 ta universitet, Markaziy Osiyo davlatlaridan 19 ta universitet va Ukrainadan 3 ta universitet jalb etiladi. 7 ta loyihaning umumiy byudjeti 4,5 million yevrodan ortiq, shu jumladan, 2,1 million yevro O‘zbekiston universitetlari uchun ajratilgan.
Ayniqsa, bu yil 3 ta milliy loyiha Erasmus+ loyihasini boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan TATU jamoalari hamda birinchi tajribaga ega bo‘lgan TXTI va AndMI jamoasi tomonidan muvofiqlashtirilganligini alohida ta’kidlash lozim.
Yangi saralangan 7 ta loyihaga jami 4,5 million yevro ajratiladi, shu jumladan O‘zbekistonning 18 ta oliy o‘quv yurtlari ishtiroki uchun 2,1 million yevro ajratiladi.
Biotibbiyot muhandisligi, Oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari, Markaziy Osiyoda iqlim barqarorligi va xavfsizligi uchun suv sektori, Markaziy Osiyoda ovqatlanish va dietologiya bo‘yicha ta’lim va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida to‘rtta loyiha amalga oshiriladi. Uchta loyiha O‘zbekistonda tibbiyot injiniringi, fotonika va optik aloqa, Ekologik qazib olish va tabiiy resurslarni innovatsion boshqarish yo‘nalishlarida yangi magistratura dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.
Erasmus+ “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish-CBHE” loyihalarida 7 ta yangi loyihalar barcha jamoa a’zolarini, jumladan birinchi marta ishtirok etadigan quyidagi universitetlarni tabriklaymiz:
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch shahridagi filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch shahridagi filiali, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent shahridagi Yeoju texnika universiteti.