2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ haqida tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ)

28
Erasmus+ haqida tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ)

Erasmus+ haqida tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ)

  1. Erasmus+ nima?
    Erasmus+ — bu Yevropa Ittifoqining ta’lim, trening, yoshlar va sport sohalarini qo‘llab-quvvatlovchi dasturidir. U orqali talaba, o‘qituvchi va xodimlar Yevropada o‘qish, dars berish yoki malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
  2. O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi nima bilan shug‘ullanadi?
    Biz Erasmus+ dasturining O‘zbekistonda samarali amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaymiz:
    Dastur haqida ma’lumot beramiz
    Ariza topshiruvchilarga maslahat beramiz
    Hamkorlar topishda ko‘maklashamiz
    Loyihalarni monitoring qilamiz
    Higher Education Reform Expertlar (HEREs) faoliyatini muvofiqlashtiramiz
    Turli tadbirlar tashkil qilamiz (seminarlar, infodaylar va boshqalar)
  3. Qachon ofisga kelib maslahat olishim mumkin?
    Milliy Erasmus+ Ofisi individual maslahat bermaydi. Ammo, biz onlayn muloqotlar, ochiq darslar va ta’lim yarmarkalarida ishtirok etamiz. Savollaringiz bo‘lsa, ularni neo@erasmusplus.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
  4. Bakalavriat talabalari uchun qanday imkoniyatlar bor?
    Xalqaro kredit mobilligi (ICM) dasturi orqali siz:
    3-12 oylik o‘qish mobilligida,
    2-12 oylik amaliyot (traineeship) dasturlarida qatnashishingiz mumkin.
    Ariza topshirish uchun o‘qiyotgan oliygohingizdagi Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.
  5. Erasmus Mundus dasturlari ro‘yxatini qayerdan topsa bo‘ladi?
    Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) katalogi:
    https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/erasmus-mundus-catalogue_en
    Har bir dastur alohida vebsaytga ega va ariza muddati farq qiladi — yozda, kuzda yoki qishda ochilishi mumkin.
  6. Erasmus+ dasturlariga qachon ariza topshiriladi?
    Bu har bir dasturga bog‘liq. EMJM uchun odatda oktyabr-fevral oralig‘ida, ICM esa har bir universitet shartlariga ko‘ra farq qiladi. E’lonlarni diqqat bilan kuzatib borishingiz maslaxat beramiz!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz