Yangiliklar
2025-yilda 13 nafar o‘zbekistonlik talaba Erasmus Mundus magistrlik dasturlariga qabul qilindi!
78

2025-yil tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar orasida 9 nafar ayol va 4 nafar erkak talabalar bor. Ulardan 10 nafari grant asosida, ya’ni to‘liq Erasmus Mundus stipendiyasi bilan o‘qishga qabul qilingan, 3 nafari esa o‘z mablag‘i hisobidan (non-scholarship) o‘qishni boshlaydi.
Talabalar 2025-yilning avgust–sentyabr oylarida o‘z magistrlik ta’limini Yevropaning quyidagi davlatlarida boshlashadi:
- Ispaniya – 3 nafar
- Fransiya – 2 nafar
- Niderlandiya – 2 nafar
- Germaniya – 2 nafar
- Portugaliya – 2 nafar
- Estoniya – 1 nafar
- Daniya – 1 nafar
Bu yilgi tanlangan o‘quv yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Barqaror rivojlanish uchun membrana texnologiyalari
- Jamiyatlar uchun barqaror axborot texnologiyalari
- Barqaror muhandislik uchun ko‘p fazali tizimlar
- Innovatsion tibbiyot
- Kartografiya – barqaror dunyo uchun xaritalashtirish
- Xalqaro vaksinologiya
- Globallashgan dunyoda diniy xilma-xillik
- Yevropa huquqi va iqtisodiyoti
- Kiberfazo, xulq-atvor va elektron terapiya (KIBER)
- Intellektual mulk va ma’lumotlar huquqi
- Bo‘sh vaqt va sport boshqaruvi
- Arxeologik materialshunoslik
- Yevropa atrof-muhit iqtisodiyoti va siyosati
Yurtimiz yoshlari uchun xalqaro ta’lim sari muhim qadam! Erasmus Mundus Joint Masters – 2025 dasturiga qabul qilingan barcha talabalarga kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!