Yangiliklar
"STEAM integratsiyasi yordamida texnik oliy ta’limni rivojlantirish: strategiyalar, qiyinchiliklar va natijalar" mavzusidagi TAM seminar Nukusda!

Sana: 23–24-iyun, 2025
Vaqt: 10:00
Manzil: Nukus Davlat Texnika Universiteti
Tili: Ingliz tili
Texnik Yordam Missiyasi (TAM) seminari Erasmus+ dasturining Oliy Ta'lim Salohiyatini Oshirish bo‘yicha ekspertlar jamoasi (Higher Education Reform Experts – HEREs) faoliyati doirasida Erasmus+ Milliy Ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Nukus Davlat Texnika Universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Mazkur seminar STEAM yondashuviga qiziqqan barcha texnik oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun ochiq.
Seminar davomida ishtirokchilar quyidagilar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar:
-
Yevropadagi ilg‘or texnik universitetlar tajribasi
-
STEAM asosida o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish usullari
-
Ish beruvchilar bilan samarali hamkorlik modellarini shakllantirish
-
Amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish bo‘yicha strategiyalar
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-iyun, 2025
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:https://forms.gle/1PVYLGTePQdSH2Uz7