2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

EU Education Fair 2023

224

2023-yil 9-13-oktabr kunlari O‘zbekistonda “Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasi 2023” bo‘lib o‘tdi. U Yevropa jamoasi bayrog‘i ostida umrbod ta’lim kontekstiga asoslangan Yevropa ko‘nikmalar yili, shuningdek, O‘zbekistonning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” doirasida o‘tkazildi. Mazkur ko‘rgazma Toshkent, Samarqand va Namangan yoshlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi ta’lim dasturlari, Erasmus+ loyihalari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan grantlar bilan tanishtirdi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamda Erasmus+ milliy byurosi tomonidan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar siyosati va sport vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazma talabalarga Yevropa universitetlarida ta’lim olish eshiklarini ochdi.

Keling, “Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasi 2023” haqidagi ushbu videoni tomosha qilish orqali takrorlaymiz.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz