2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ INMACOM loyihasining navbatdagi consortium uchrashuvi va seminar-treninglari bo‘lib o‘tmoqda

316
ERASMUS+ INMACOM loyihasining navbatdagi consortium uchrashuvi va seminar-treninglari bo‘lib o‘tmoqda

ERASMUS+ INMACOM loyihasining navbatdagi seminari Italiyada 2023-yil 18-22-Sentabr kunlari Italiyaning Turin shahri, Turin politexnika universitetida ERASMUS+ INMACOM loyihasining navbatdagi consortium uchrashuvi va seminar-treninglari bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvlarning birinchi kunida loyiha doirasida bajarilgan ishlar, muammolar va Yevropa komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring uchrashuvlaridan olingan taklif va mulohazalar muhokama qilindi hamda kelgusi rejalar belgilab olindi.

Ikkinchi kuni Turin politexnika universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori bilan uchrashuv tashkil etildi, unda universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, hamkorlikda doktorlik dissertatsiyalari va loyihalarni bajarish bo‘yicha imkoniyatlar va takliflar o‘rganib chiqildi. Shuningdek, universitetni akkreditatsiyadan o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari bilan tanishtirildi. Loyiha doirasida o‘quv reja ishlab chiqilishi hamda undagi fanlar bo‘yicha professor o‘qituvchilar ma’ruzalar o‘qishdi.

Manba: https://t.me/tuituz_official/15736

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz