2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus Mundus PDO meeting - 2023

390
Erasmus Mundus PDO meeting - 2023

11 iyul kuni Oʻzbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistondan 11 nafar Erasmus Mundus Qoʻshma Magistratura stipendiyalari gʻoliblari uchun Yevropaga ketish oldidan orientatsiya uchrashuvi tashkil etildi.

O‘zbekistondan 7 nafar ayol va 4 nafar erkak Erasmus Mundus stipendiyasini qo‘lga kiritib, Yevropa Ittifoqining Ispaniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Fransiya va Finlyandiya kabi davlatlarning eng yaxshi universitetlarida ta’lim olishi ko’zda tutilgan.

Bu yilgi tanlovda O'zbekistonlik talabalarni quyidagi ta’lim yo'nalishlari bo’yicha qiziqishi katta bo’lgan: jurnalistika, xavfsizlik, bioiqtisodiyot, kimyo, smart energiya tizimlari, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalar.

Ochilish nutqida Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining Elchisi Charlotte Adriaen xonim ishtirok etdi: “Soʻnggi yetti yil davomida jami 127 nafar Oʻzbekistonlik yoshlar Erasmus Mundus stipendiyalariga sazovor boʻldi. Chet elda ta’lim olish global iqtisodiyotingizda muvaffaqiyat kalitiga aylanmoqda. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi siz kabi yosh, zukko, bilimdon va fidoyi insonlarga sayohat qilish, dunyoni kezish va hamkorlikni rivojlantirishga ishonadi”. 

Uchrashuvda O’zbekistondagi Frantsiya Respublikasi Ta’lim departamenti rahbari janob Cyprien Leroy o‘z nutqida “Grantga ega bo‘lish, albatta, talabalik hayotidagi muvaffaqiyatlarning e’tirofidir. Ta’kidlash joizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ta’lim, madaniy va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga har biringiz ulkan hissa qo‘shasiz” deb aytib o’tdi. 

Yevropaga ketishdan oldidan uchrashuv davomida EM bitiruvchilari (alumni) dasturning afzalliklari bilan o'rtoqlashdi, talabalar tarmoqlari, tadqiqot va moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish, bitiruvchilarning maslahatlari va hayotiy tajribalarini eshitdilar, shuningdek, ko'p madaniyatli dunyoda qanday qilib yaxshiroq muloqot qilish bo'yicha tavsiyalar olishdi.

Erasmus Mundus - 2023 stipendiyasi g'oliblarini yana bir bor tabriklaymiz!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz